Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Oqqo‘rg‘on tumani "Madaniyat" MFY, hududidagi "Oqibat", "Baliqchi", "Xurriyat", "Majnuntol" ko‘chalaridagi mavjud 4 dona GTNlarni demontaj yo‘li orqali gaz quvurini 3-bosqichli tizimdan 2-bosqichli tizimga o‘tkazish ishlari olib borilishi sababli yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ko‘chalardagi jami 143 ta aholi xonadonlarida joriy yilning 6-oktabr kuni soat 10:00 dan soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi.
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati