Xatirchi tumani "Chechak ota" mahallasi hududidagi yer osti gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlarini yakunlash maqsadida, "Xatirchi-Zarafshon" yo'nalishidagi 2 ta yirik hududning yuqori bosimli gaz quvuriga gaz tambalagich o'rnatish uchun bugun soat 13:00 dan 18:00 gacha tumanning "Yangirabod", "Do'stlik", "Mustaqillik", "Chechak ota", "Bog‘ishamol", "Dehqonobod", "Gala bek" mahallalarida 3032 ta aholi xonadoni va 52 ta ulgurji iste'molchiga tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati