Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan shahrining Yangi Namangan tumani hududida joylashgan yuqori bosimli D-530 mmli gaz quvuridagi nosozlikni bartaraf etish uchun 2022-yil 25-noyabr kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Namangan shahar, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlari hududidagi 32819 ta aholi xonadonlari, 908 ta ulgurji iste’molchilar va 1 ta AGNKSga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati