Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish doirasida “YANGIARIQ”, "BOG'OT-1" va "BOG'OT-2" gaz taqsimlash stantsiyalarida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 7-oktabr kuni soat 14.00 dan 18.00 gacha Yangiariq tumanining barcha mahallalari hamda 09.00 dan 18.00 gacha Bog'ot tumanining ayrim mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to'xtatiladi.
Yangiariq tumanining barcha mahallalari Jumladan:
Sog’liqni saqlash tashkilotlari – 5 ta Choyxona va oshxonalar – 16 ta Davlat tashkilotlari – 77 ta Yirik ishlab chiqarish korxonalari – 14 ta Issiqxonalar – 12 ta
Bog'ot tumanining Oqtepa , Hurriyat , Abu Rayxon Beruniy , Nurafshon , Ashxobod, Oltinqum, Obod, Nurli maskan, Gulshan, Koʻna birlashuv, O.Otajanov, Soxibkor, Maʼnaviyat, O'zgarish, Hunarmand, Navbahor mahallalari Jumladan:
Sog’liqni saqlash tashkilotlari – 9 ta Choyxona va oshxonalar – 24 ta Davlat tashkilotlari – 35 ta Yirik ishlab chiqarish korxonalari – 40 ta Kichik va o'rta biznes subyektlari – 211 ta AGTKSh (Avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor shoxobchalari) – 5 ta
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar uchun iste'molchilardan uzr so'raydi.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati