Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Navoiy shahridagi "Xonchorbog'" mahallasi hududidagi yer usti o'rta bosimli gaz quvurlarini tartibga keltirish maqsadida ta'mirlash ishlarini bajarish uchun "Xonchorbog'", "Farovon" va "Yoshlik" mahallalaridagi 1538 ta aholi va 23 ta ulgurji iste'molchilarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi. Ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach, bugun soat 17:30 ga qadar ta’minot qayta tiklanadi.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati