Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tumanning "Mustaqillik" ko‘chasida qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2022-yil 29-noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar, "Quyi obron" va "Boyg‘undi" mahallalari hududlarida joylashgan namunaviy uylarda istiqomat qiliuvchi 116 ta aholi hamda 70 ta ulgurji iste'molchilarda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun tuman gaz ta'minoti bo‘limi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
"Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati