Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Buxoro shahar Shirbudin ko'chasidan o'tuvchi yer usti kesimi 100 mmli gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holatini zudlik bilan ta'mirlash maqsadida "Shirbudin", "Abduxoliq G'ijduvoniy" mahallalaridagi 610 ta aholi xonadonlari va 7 ta ulgurji iste'molchilariga bugun soat 14:30dan to 18:00ga qadar tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to'xtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'inoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati