Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Havo haroratining keskin pasayishi natijasida magistral gaz quvurlarida bosim pasayib ketishi kuzatilmoqda. Natijada poytaxt va Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida iste'molchilarga gaz yetkazib berishda muammolar yuzaga kelgan.
Ularni bartaraf etish maqsadida "Hududgazta'minot" AJ rahbariyati tomonidan joyiga chiqqan holda, jumladan, "Yangiyo'l", "Zangiota", poytaxtning ayrim tumanlarida choralar ko'rilmoqda. Ushbu jarayonga 800 nafar xodim jalb qilingan.
Yaqin vaqtlarda holat yaxshilanishi kutilmoqda.
Fursatdan foydalanib, "Hududgazta'minot"AJ iste'molchilardan tabiiy gazdan oqilona foydalanishlarini iltimos qilib so'raydi.
Holat yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar taqdim qilinadi.