Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Qiziriq tumanida gaz quvurlarini ta‘mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 2022-yilning 18-avgust kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar 2182 ta aholi xonadonlari va 65 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Tabiiy gaz oʻchirilishi munosabati bilan xonadoningizdagi gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang.
Ta‘mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali ta‘mirlash ishlari tufayli yetkazilgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati