Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Xo‘ja Hasan" GTSidan chiquvchi "Toshrabot" hududiga boruvchi D-159 mmli yuqori bosimli yer usti gaz quvurini ta'mirlash maqsadida joriy yilning 26-noyabr kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha tumandagi "Malikobod", "Oqrabot", "Saroy", "Uzilishkent", "O‘rtaqo‘rg‘on", "Xo‘jaqo‘rg‘on", "Xumo", "Qa’layi Azizon" mahallalaridagi jami 3925 ta aholi xonadonlari va 48 ta ulgurji iste'molchilarga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to'xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari yakuniga yetgach tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.