Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
G'ijduvon tumani "Shilvon" mahallasidagi kesimi 159 mmli o'rta bosimli gaz quvurini avtotransport vosita urishi natijasida avariya holati yuzaga kelgan. Ushbu holatni bartara etish maqsadida "Shilvon" mahallasidagi 420 ta aholi xonadonlarida bugun 12:35dan to 17:00ga qadar tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to'xtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati