Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Olmazor tumani "Qizg‘aldoq", "Bunyodkor" va "Mehnat" MFYlari hududidan o'tkan yer usti d-100mmli va d-89mmli o‘rta bosim gaz quvurlarining chegara hududlariga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Olmazortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu tufayli joriy yilning 25-mart kuni soat 11:00 dan 17:30ga qadar "Qizg‘aldoq" MFYdagi jami 185 ta uy xo'jaliklarida hamda "Bunyodkor" va "Mehnat" MFYlardagi jami 135 ta uy xo'jaliklarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati