Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Termiz shahrida gaz quvurlarini ta’mirlash maqsadida 2023-yilning 25- mart kuni soat 10:00 dan 14:00 qadar 36772 ta aholi xonadonlari va 687 ta ulgurji iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Shundan; 1. Nonvoyxona - 167 ta; 2. MTM- 49 ta; 3. Maktab- 27 ta; 4. Maishiy xizmatlar - 287 ta; 5. Ishlab chiqarish - 9 ta; 6. Tashkilotlar - 148 ta;
Ta‘mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali ta‘mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati