Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Toshkent-6” GTSning aholi tarmog'iga o'rnatilgan yuqori bosimli gaz taqsimlash qurulmalaring kirish gaz quvuriga elektron gaz hisoblash uskunasi o'rnatilish ishlarini olib borilishi munosabati bilan 2022 yilning 23-noyabr kuni soat 8:00 dan, kech soat 18:00 ga qadar, Jizzax shahrining “Bunyodkor” MFY, “Yoshlik” MFY, “Ittifoq” MFY, “Do’stlik” MFY, “Bobur” MFY, “Obod” MFY, “Nuriiobod” MFY, “Qaliya” MFY, “Ulug'bek” MFY va unga yaqin hududlaridagi aholi xonadonlar va ulgurji iste'molchilariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to'xtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Jizzax" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati