Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mirzo Ulug‘bek tumani Qora-su-6 dahasi, Avayxon ko‘chasidagi o‘rnatilgan STG rusumli 3 dona gaz hisoblagichlarini harakatdagi yuqori bosimli gaz quvuriga ulash ishlari, hamda Yunusobod tumani, Hamkorobod MFY Holis va Xasanboy ko‘chasi hududidagi yer usti o‘rta bosimli D-108 mm gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli joriy yilning 25 mart kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar quyidagi tabiiy gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Mirzo Ulug‘bek tumani aholi isteʼmolchilari:
Qora-su-6 dahasida joylashgan 17 ta ko‘p qavatli uylardagi 1 484 ta aholi xonadonlarda.
Ulgurji isteʼmolchilar: 16 ta
Yunusobod tumani aholi isteʼmolchilari:
Xamkarobod MFY Xolis ko‘chasi, Xamkarobod, Xamkarobod tor ko‘chasi, Xamkarobod 1-7 tor ko‘chalaridagi 400 ta yerli xonadonlar.
Ulgurji isteʼmolchilar: 12 ta
Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati