Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yakkasaroy tumani Bog'iston va Konstitutsiya MFY iste'molchilarini gaz bilan ta'minlovchi RDUK 2/200 rusumli 14-5/14 sonli GTP ni almashtirish ishlari rejalashtirilgan. Shuning uchun joriy yilning 28 mart kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar quyidagi tabiiy gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi isteʼmolchilari:
Bog'iston, X.Sulaymonov va Konstitutsiya MFY lardagi joylashgan 15 ta ko‘p qavatli uylardagi 540 ta aholi xonadonlarida.
Ulgurji isteʼmolchilar:
Mexmonxona-3 ta
Oshxona-8ta
Nonvoyxona - 3ta
Ofis magazini-12 ta
Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati