Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ishtixon shahri va Mitan shaharchalari oralig’idagi avtomobil yo’lida ta’mirlash ishlari bajarilayotganligi sababli, ushbu hududdan o’tuvchi 273 millimetr diametrli yer usti yuqori bosimli gaz quvurini ko’chirib, kompensator o’rnatish rejalashtirilgan. Shu sababli 2023 yil 25 mart kuni soat 9:00 dan 16:00 ga qadar Ishtixon tumani hududidagi 12 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi aholi xonadonlari va ulgurji iste’molchilarga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtincha to’xtatiladi.
Ushbu noqulayliklar uchun, “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali ma’muriyati tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.