Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Xatirchi tumani “Paxtachi-2” gaz taqsimlash stansiyasidan Paxtachi-Zarafshon yo'nalishidagi yuqori bosimli gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish uchun “Paxtachi-2” GTS orqali Zarafshon, Navro'z, Bog’chakalon, Avoqli, Polvon ota, Tamabahrin, I.Karvon, Istiqlol, Novja hamda Paxtakor mahallalaridagi 4350 ta aholi xonadonlari va 28 ta ulgurji iste'molchilarga tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to’xtatildi. Ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach, bugun soat 18:00 ga qadar ta’minot qayta tiklanadi.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati