O‘zbekiston Respublikasida «Tabiiy gazni nazorati va hisobining avtomatlashtirish tizimini joriy etish» (ASKUG) investisiya loyihasi to‘g‘risida MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020 yil 24 sentyabrdagi PQ‒4840-sonli qaroriga muvofiq respublikadagi 3 546 148 ta iste’molchilarga elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish va tizimni joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyiha qiymati 603,01 mln AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, kompaniyaning o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Ryespublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, tijorat banklari va O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati bilan ta’minlangan Italiya tijorat banki va Italiyaning “SACE” eksport-kredit agentligi moliyalashtirish manbaalari hisoblanadi.
Joriy yil 8 mayga qadar loyiha 85% amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 3 007 855 ta gaz hisoblagichlar hududlarga yetkazib berilib, ularning 2 895 850 tasi (96,2%) o‘rnatildi, shunindek, o‘rnatilgan hisoblagichlar ma’lumotlarni qayta ishlash bazasiga ulanib, masofadan onlayn nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur loyihani moliyalashtirish doirasida 450,32 mln AQSH dollar mablag‘lari o‘zlashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini tasdiqlash hamda investisiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-son qaroriga muvofiq joriy yil oktyabr oyi yakuniga qadar “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini yakunlanishi belgilangan.
Taxririyat sanasi: 12.05.2022 16:13
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Kattalashtirish
Kichiklashtirish
Kontrast
Kulrang shkala
Rang almashtirish
Tozalash
Operator qabul qilishi kutilmoqda
Operator tarmoqda
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!