Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Davra suhbatidan asosiy maqsad gaz sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida ma'lumotlarni soha xodimlariga yetkazish, ular orasida huquqbuzarliklarni oldini olish ekanligi alohida ta'kidlandi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish” bo‘limi mutaxassisi Xasanboy Rizaev o‘z so‘zida, korrupsiyaga qarshi kurashish doimiylikni talab qiladigan jarayon ekanligi, shuning uchun korrupsiyaga qarshi kurashish, aholining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi immunitetini ko‘tarishga doimiy e'tibor qaratmoqligimiz kerakligi ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar xususida to‘xtaldi.
Mutaxassislarning huquqiy ongini oshirish juda muhim ekanligi, ularning qonunlarni bilmasligi oqibatida muammolarga duch kelib qolmasliklari uchun mamlakatimizda targ‘ibot-tashviqot ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, fuqarolarimiz uchun barcha hujjatlar bo‘yicha ma'lumotlarni olish va o‘rganish uchun imkoniyatlar mavjudligini va bu borada talay ishlar amalga oshirilayotganligini haqida gapirildi.
Uchrashuv so‘ngida, mutaxasislar tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar tinglandi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati