Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialida o’tkazilgan huquqiy-targ’ibot tadbiri shunday nomlandi. Unda, “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali boshlang’ich kasaba uyushmasi raisi S.Azizov, filial direktori o’rinbosari S.Mallayev va Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari so’zga chiqib, soha xodimlarining huquqiy bilim va tajribalarini yanada takomillashtirish, “Korrupsiyadan holi hudud” tashkil etish va korrupsion holatlarga qarshi murosasiz kurashish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar va galdagi rejalar hususida fikr-mulohazalar bildirishdi.
“Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi va Birlashgan kasaba uyushma qo’mitasining qo’shma topshirig’i ijrosini o’z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan kechiktirib bo’lmaydigan vazifalar belgilab olindi.
Yig’ilish qatnashchilariga O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va jamoa shartnomasining tegishli moddalariga asosan, ish beruvchi tomonidan xodimning hatti-harakati “O’z mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzish”, deb baholangan yoki, korrupsiya bilan bog’liq harakatlarni amalga oshirgan xodimlarga nisbatan, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining tegishli moddalariga asosan, mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi hususida tushuntirildi.