Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Viloyat suyultirilgan gaz iste’molchilarining 6850 nafariga yoqilg‘i Uchquduq shahridagi GPU, ya’ni gaz quvurlari orqali tabiiy gaz ko‘rinishida yetkaziladi. Ya’ni, tumandagi 5 ta mahalla iste’molchilari suyultirilgan gazni gazgolder qurilmalari orqali iste’mol qiladi. Tumanda 23 ta nuqtada gazgolder qurilmalari mavjud bo‘lib, foydalanuvchi iste’molchilarning soniga qarab har bir qurilma idishiga 200 kilogrammdan 850 kilogrammgacha gaz quyiladi.
- Qish oylarida ushbu qurilma idishlariga bir kunda 4-5 martagacha gaz to‘ldiramiz. Havoning issiq kunlarida esa suyultirilgan gazga ehtiyoj kamaygani bois, kuniga 2 marta gaz quyiladi. Hozirda ushbu qurilmalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu har qanday faslda gaz ta’minotida uzilish bo‘lmasligi va xavfsizlikni ta’minlaydi, - deydi "Uchquduqtumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi suyultirilgan gaz ta’minoti xizmati boshlig‘i Shahboz Toshmurodov.
Joriy yilda ushbu qurilmalar orqali iste’molchilarga 795,68 tonna, iyun oyining ayni vaqtiga qadar esa 44 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati