Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Xatirchi tumani viloyatda suyultirilgan gaz iste’molchisi eng ko‘p bo‘lgan hudud hisoblanadi. Ya’ni, ayni kunda tumandagi 28 556 ta iste’molchiga "Xatirchitumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan 35-40 kun oralig‘ida suyuq gaz yetkazilyapti. Shundan 16 tasi ulgurji, qolgani aholi iste’molchilaridan iborat.
Soha xodimlari belgilangan reja-grafik asosida tumandagi 67 ta mahallaga maishiy ballonda gaz tarqatadi va buning uchun 5 ta transport vositasi ajratilgan.
Tumanning "Tasmachi" mahallasida boshqa hududlarga qaraganda iste’molchi soni nisbatan ko‘p bo‘lib, hozirda ular 800 nafardan oshgan. Yil boshidan buyon mahalla aholisiga 40 tonna 300 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
Mahalla aholisi to‘liq ID-karta bilan ta’minlangan. Guzar oqsoqoli Burxon Shayliyevning aytishicha, mahallada suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha deyarli muammo bo‘lmaydi:
- Mahallamizda aholi soni ko‘p. Bizga "MAN" rusumli transport vositasida ballon tarqatiladi. Gazchilar balonni iste’molchi xonadonigacha olib borib berishadi. Suyuq gaz uchun to‘lovni karta orqali olishadi. Iste’molchilar orasida ta’minot borasida qandaydir tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, tuman gaz xodimlari bilan birgalikda o‘rganamiz va tushuntirish ishlari olib boramiz, - deydi u.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Xatirchi tumani iste’molchilari yil boshidan buyon 192 tonna 840 kg suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati