Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Jamiyatda xotin-qizlarning roli va mavqeyi kundan-kunga oshmoqda. Bugun qaysi tashkilotga qaramang, faol ayollarga duch kelamiz. Ham oilada, ham ishda namuna ko’rsatib kelayotgan xotin-qizalarning faoliyatiga havas qilsa arziydi.
Jumladan, "Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filialida ham ko’pgina xotin-qizlar javlon urib mehnat qilmoqda. Ushbu kadrlarning har tomonlama fikrlash doirasini, kiyinish madaniyatini yanada oshirish maqsadida tez-tez seminar-treninglar amalga oshirilmoqda. Bugun ham an’anaga muvofiq xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotining ish rejasiga asosan, “Hududgaz Konsalting” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan filial boshlang‘ich tashkilot mas’ul ayol xodimlari uchun ma’naviy-axloqiy va mantiqiy fikrlashni yuksaltirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda sotsiolgiya fanlari doktori Mavluda G’afforova ishtirok etdi.
Tan olish kerak, seminar kutilganidan-da a’lo darajada bo’lib o’tdi. Ayollar o’zlarining qiziqtirgan savollari bilan sotsiolog olimaga murojaat qilishdi. O’z navbatida seminar spikeri sog’lom turmush tarzini rivojlantirish, stress holatiga tushganda undan tezkorlik bilan chiqib ketish yo’llari borasida motivatsiya ruhida ma’lumot berib o’tdi.
Qolaversa, seminar davomida katta tashkilotda ahil jamoa bo’lib ishlashning foydali jihatlari haqida ham so’z bordi. Xodimlar o’zini qanday tutishi, kiyinish va muomala madaniyatini oshirish borasida so’nggi ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan iliq fikrlar aytildi, tashakkurlar bildirildi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati