Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialining joylardagi bo’limlari tomonidan is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida targ’ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Shu kabi tadbirlarning navbatdagisi Bektemir tumanida bo’lib o’tdi. Havo haroratining sovushi natijasida aholining gaz jihozlariga bo’lgan ehtiyoji ortadi. Tabiiyki, bunday paytda aholi xonadonlarni isitish maqsadida turli xildagi yoqilgʻi mahsulotlari, har xil turdagi isitish va gaz uskunalaridan foydalanishga harakat qiladi.
Biroq unutmaylik, tabiiy gazdan isitish moslamasi oʻrnida foydalanish juda xavfli, bu is gazi va gazdan zaharlanish, yongʻin va portlash kabi baxtsiz hodisalarga sabab boʻladi. Tushuntirishlar davomida "Majnuntol" mahallasi fuqarosi Qayumova Dilobar opa shunday deydi:
- "Gaz ta’minotidagilar uydagi gaz jihozlarimizni texnik ko’rikdan o’tkazib berdi. Qolaversa, is gazi oqibatida ko’plab insonlar halok bo’lishi mumkinligini ta’kidlab o’tdi. Ba’zida gaz sizib chiqish holatlariga befarq bo’lamiz. Yoki, gaz uskunalarini o’zimiz to’g’irlashga harakat qilamiz. Ammo, bilib-bilmay o’zimiz va yaqinlarimiz hayotini xatarga qo’yayotganimizni anglamas ekanmiz. Bugungi tushuntirishlardan o’zim va farzandlarim to’g’ri xulosa chiqardik, gazdan faqat taom pishirish maqsadida foydalanishimiz kerakligini anglab yetdik. Gaz ta’minoti bo’limi xodimlariga rahmat".
Hurmatli isteʼmolchilar!
• Ayni mavsumda gaz tarmoqlari va jihozlarini tekshiruvdan oʻtkazing; (tumangaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida)
• Xonada gaz hidini sezsangiz elektr jihozlarini aslo yoqmang, yoqilgan boʻlsa oʻchirib qoʻymang, aksincha zudlik bilan eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating va darhol “104” qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling;
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati