Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun Bektemir tumani, “Rohat” mahallasida aholi orasida tabiiy va is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq hodisalarning oldini olish boʻyicha "Bektemirtumangaz" gaz ta'minoti bo'limi mas'ullari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda navbatdagi targ’ibot tadbirlari bo’lib o’tdi.
O’tkazilayotgan tekshiruv tadbirlari davomida tabiiy gaz isteʼmolchilar orasida gaz jihozlaridan xavfsiz va oqilona foydalanish hamda is gazidan zaharlanish, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha targʻibot ishlari olib borildi. Gaz uskunalari texnik ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan soha xodimlari tomonidan uy egalariga ko'rsatmalar berildi.
Ming afsuski, oramizda gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik oqibati nimalarga olib kelishini bilsa-da, o’z bilganidan qolmayotgan iste’molchilar ham borligi bizni ranjitdi.
Targʻibot tadbirlari oʻtkazilishidan asosiy maqsad esa, nostandart gaz jihozlaridan foydalanish, gaz tarmoqlariga rezina shlang orqali ulanish, nosoz holatdagi dudbo'ronlardan foydalanish natijasida jabrlanishlarning oldini olishga qaratilgan boʻlib, masʼullar tomonidan isteʼmolchilarga oʻzlari va yaqinlarining sogʻligʻiga beeʼtibor boʻlmaslikka daʼvat etuvchi eslatmalar tarqatilmoqda.
Bu kabi tadbirlar poytaxtimizning barcha tumanlarida muntazam tarzda o’tkazilmoqda.
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati