Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ayni kunlarda Samarqand viloyatida 2022-2023 yil kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish maqsadida "Hududgaz Samarqand" gaz ta’minoti xodimlari tomonidan aholi va ulgurji iste’molchilar orasida ”is gazidan saqlaning” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilmoqda. Hududlardagi mahallalarda nafaqat tabiiy gaz, balki suyultirilgan gazdan foydalanish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha ham turli uchrashuvlar uyushtirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, is gazi bilan zaharlanish, yong‘inlar, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va boshqa shunga o‘xshash ko‘ngilsiz hodisalar aksar hollarda, fuqarolarning o‘z sog‘lig‘i va atrofdagi odamlarning xavfsizligiga beparvo munosabatda bo‘lishi, gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqishi mumkin.
Jomboy tumanida 11 805 ta tabiiy gaz iste’molchilari, 27 375 ta suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, joriy yilda “Jomboytumangaz” servis xizmati xodimlari tomonidan 7 980 ta tabiiy 16, 108 ta suyultirilgan gaz iste’molchilarning gaz jihozlariga texnik xizmatlar ko‘rsatildi. Shuningdek, aholi ko‘p to‘planadigan bozorlar, maktablar, mahalla makazlari, do‘konlar va tibbiyot muassasalari oldilariga gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari aks ettirilgan 900 ga yaqin eslatmalar yopishtirildi.
Xususan, tumanning Toshkent mahallasidagi hovlilar va ko‘p qavatli uylarida yashovchi aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ham fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik, nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish, isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish, gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari hamda suyultirilgan uglevodorod gaz ballonlarini (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish, oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanish,havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanish, havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish inson xayoti uchun turli ko‘ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqarishi tushuntirildi. Joriy yilning boshidan bugungacha Samarqand viloyatida 190 mingga yaqin hovli uylarda, 50 mingga yaqin ko‘p qavatli uylarda yashovchi iste’molchilarga gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari tushuntirilgan.
“Hududgaz Samarqand ” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati