Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Isteʼmolchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida tizimda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil yanvar oyida mamlakatimizda havo haroratining keskin pasayishi kuzatildi. Tabiiyki xonadonlarda tabiiy gaz bosimining meʼyordan pasayishi kuzatildi. Toshkent viloyati hududidagi shahar- tumanlarida ham tabiiy gaz bosimining keskin tushib ketishi munosabati bilan “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali “Suyultirilgan gazni sotish va muvofiqlashtirish” boʻlimi tomonidan shahar tuman boʻlimlariga shartnoma asosida maishiy gaz ballonlarda suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
Joriy yil yanvar oyining oʻzida Hududgaz Toshkent gaz taʼminoti filiali tomonidan Toshkent viloyati isteʼmolchilariga 623 tonna 700 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. Toshkent viloyatining olis va borish qiyin boʻlgan hududlari hisoblangan Angren shahar isteʼmolchilariga 81 tonna 420 kg, Bekobod shahar 5 tonna 360 kg, Boʻstonliq tumaniga 79 tonna 500 kg, Boʻka tumaniga 137 tonna 460 kg, Bekobod tumaniga 28 tonna 100 kg suyultirilgan gaz isteʼmolchilarga yetkazib berilgan. Suyultirilgan gaz boʻyicha kelib tushgan murojaatlar toyezkorlik bilan hal etilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Suyultirilgan gazi va maishiy gaz ballonlarini gaz taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida shartnoma tuzmasdan yetkazib berish va qabul qilish taqiqlangan. Shartnoma tuzilgandan soʻng, 30-35 kun davomida maishiy gaz ballonlari yetkazib beriladi. Gaz ballonni ishga tushirish va sozlash xizmati uchun toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, oʻrnatilgan tartibda shartnoma tuziladi hamda tasdiqlangan jadval asosida manzilga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.
“Hududgaz Toshkent” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati