Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joylarda ta’minot bilan bog’liq muammolarni tahlil qilgan holda ularning amaliy yechimlari to’g’risidagi ma’lumotlarni yetkazish maqsadida gaz ta’minoti filiali mas’ullari tomonidan aholi murojaatlari mahallabay tizimida o’rganilmoqda. Xususan, viloyatda maishiy gaz balloniga moslashtirilgan mahallalarda bo’lgan soha vakillari bevosita gaz ta’minoti bilan bog’liq fikr va mulohazalar bilan qiziqdi.
Navbatdagi manzil viloyatning G’ijduvon tumanidagi mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldi. “Ko’shk”, “Sarmijon”, “Chag’dari”, “Jovgari”, “Oqgul”, “Gajdumak”, “Ko’lijabbor”, “Havzak” singari hudud iste’molchilarida mavjud muammolar o’rganildi. Hudud vakillari bilan olib borilgan suhbat davomida asosan, yangi iste’molchilarning gaz ballon olish tartibi, undan foydalanish, oila a’zolari sonining ko’pligiga qarab qo’shimcha gaz ballon bilan qanday hollarda ta’minlanishi mumkinligi to’g’risidagi murojaatlar bildirildi. Bu borada batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ta’minotda yangi tizimning joriy etilganligi hamda imkoniyatlar xususida ham aytib o’tildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati