Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish iste’molchining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bugun joylarda aholiga gaz ta’minotini o‘z vaqtida yetkazib berish hamda ularning imkoniyatlarini kengaytirish uchun qulayliklar berilmoqda. Muhimi esa, aholi o‘sha qulayliklardan oqilona foydalanishi lozim.
Ta’minotning yetkazib berilishi davomida soha mutaxassislari xavfsizlik masalasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Xususan, gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, is gazining oldini olish hamda vaqtida bartaraf etish, o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligi borasida targ‘ibotlar tashkil etilmoqda.
Tabiiy gazdan oqilona foydalanish va uni tejash talab etilar ekan, iste’molchi o‘z xonadonida energotejamkor gaz uskunasini o‘rnatishi, mavjud muammolarning oldini olishda e’tibor qaratishi zarur. Viloyatda bu borada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Avvalo, aholiga ushbu qurilmaning qulayliklari to‘g‘risida tushuntirilmoqda.
Romitan tumanida to‘rt mingdan ortiq iste’molchi bugun zamonaviy qurilmaning imkoniyatlaridan foydalanib kelmoqda. 2022-yilning yanvar oyidan boshlab esa 600 ga yaqin aholi va ulgurji iste’molchilari energotejamkor gaz uskunasini o‘rnatishdi.
“Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 77 yoshli Farog‘at ona Tosheva ikki yildan buyon energotejamkor gaz uskunasidan foydalanib keladi. Suhbat davomida uning qulayligi to‘g‘risida e’tirof etdi. “Oldin gaz to‘lovini juda ko‘p miqdorda to‘lar edik. Bugun esa to‘lovimiz kamaygan. Asosiysi, juda xavfsiz ekan, avariya holatlarida avtomat tarzida ishlaydi. Oilaviy tejamkorligimiz esa ta’minlanmoqda”.
Ma'lumot o'rnida ta’kidlaydigan bo'lsak, viloyat bo‘yicha bugunga qadar 27 mingga yaqin iste’molchi energotejamkor gaz uskunasidan foydalanib keladi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati