Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Payariq tumanida 6886 ta tabiiy gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ularning 357 tasi ko‘p qavatli uylarda 6529 tasi hovli uylarda istiqomat qilishadi. Ayni kunlarda tumandagi tabiiy gaz iste’molchilariga “aqlli” gaz hisoblagichlari o‘rnatish ishlari yakunlandi. Bugun tumanda yashovchi barcha iste’molchilar xonadonlaridagi elektron hisoblagichlarining gaz sarfi bo‘yicha axborotlari “BillingGaz” tizimiga kelib tushmoqda.
– Bugun ko‘pchilik ushbu hisoblagichning afzalliklarini shuningdek, gazdan oqilona foydalanish, iste’mol qilingan “zangori olov” uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni tushunib yetishdi” – deydi, “Payariqtumangaz” bo‘limi boshlig‘i I.Qodirov.
Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4840-son qaroriga asosan Samarqand viloyatidagi aholi xonadonlariga elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda. Bugungacha viloyatning 7 ta tumanida aqlli gaz hisoblagichlari o‘rnatib bo‘lindi.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati