Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Fuqaro murojaatlarining amaliy yechimining hal etilishi uchun asosan nimalarga e’tibor qaratiladi?
Murojaatlar turli manzillardan keladi. Ularni vaqtida hal etish uchun esa biz dastlab bevosita murojaatchining o‘zi bilan bog‘lanib, muammosi bilan yaqindan tanishamiz. Ijrosi belgilab berilgan muddatgacha nazoratga olinadi. Shubhasiz, har bir muammo hamkasblar tomonidan joyida o‘rganiladi. Agar murojaat asosli bo‘lsa o‘z vaqtida, joyida yechiladi. Albatta qonun doirasidan kelib chiqqan holda ko‘maklashamiz. Shuningdek, tushuntirish ishlarini ham olib boramiz.
Ta’kidlash zarur havo haroratining keskin pasayishi natijasida ijtimoiy tarmoqlar orqali soha bilan bog‘liq bir qator murojaatlar kelib tushadi. Ularning amaliy yechimi esa uch kunga qolmay hal etilmoqda. Bu esa fuqarolar uchun juda katta ko‘mak deb o‘ylaymiz.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati