Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Paxtaobod tumanining “Guliston-Pastqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida 377 nafar suyultirilgan gaz iste'molchilari istiqomat qiladi. “Paxtaobodtumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan ushbu MFYda ham “mahallabay” tizimida ish tashkil etilgan bo‘lib, har oyning belgilangan sanasida suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Shu kunga qadar, 24.7 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi va ta'minot 110 foizga bajarildi. Mahalla ahlining 486 dona maishiy gaz ballonlari bo‘lib, shundan 384 donasi ta'minotchi korxona tomonidan tarqatilgan. Aholining maishiy gaz ballon bilan ta'minlanganlik darajasi 128 foizni tashkil etmoqda.
“Gazdan xavfsiz foydalanish judayam zarur, - deydi “mahalla oqsoqollaridan biri Fozil ota Rahimov. – Bola-baqra, nevaralar bor. Men gaz ballonni oshxonadan tashqariga qo‘yganman. Mo‘rikonlar ham mavjud. Endi maishiy gaz ballondan yanayam xavfsiz foydalanishim uchun maxsus quti qo‘yishimni tavsiya qilishdi. Albatta, bu tavsiyalarga ham quloq solamiz..”
Darhahiqat, “Paxtaobodtumangaz” gaz ta'minoti bo‘limining suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘limi texnik xodimlari va chilangarlari bo‘sh vaqtlarida iste'molchilarga gaz xo‘jaligidan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini tushuntirib bermoqdalar. Har bir iste'molchi bilan uy sharoitidan kelib chiqib suhbatlashilmoqda. Oshxona, gaz plitasi va maishiy gaz ballonlar oraliq masofasi, reduktor va boshqa ehtiyot qismlaridan to‘g‘ri foydalanish kabilar uqtirilmoqda.
“Tumanimizda jami bo‘lib 26 993 ta suyultirilgan iste'molchilari mavjud. Yil boshidan beri iste'molchilarimizga 973 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Suyultirilgan gaz iste'molchilarga onlayn tizim aossida yetkazib berilmoqda, - deydi “Paxtaobodtumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi boshlig‘i Bahodirjon Qosimov.
Bugun paxtaobodlik iste'molchilar suyultirilgan gaz bilan ta'minlanish bilan birga, undan to‘g‘ri va oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar olmoqdalar. Bu esa, faqat va faqat ularning xavfsizligiga xizmat qilishiga shubhamiz yo‘q.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati