Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining 2022-yilda jamoa shartnomasini bajarilishi bo‘yicha hisobot konferensiyasini bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida shahar-tuman filiallaridan saylangan delegatlar ishtirok etdi.
Filial ishchi-xodimlarining vakillari yig‘ilgan ushbu tadbirda “Hududgazta'minot” AJ boshlang‘i kasaba uyushma qo‘mitasi mutaxassisi Alisher Mashrapov, Andijon viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi mehnatkashlarni ijtimoiy iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri Ergashvoy Teshaboev, “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali bosh direktori Davronbek Salohitdinov vakili Xurshidbek Qodirov hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Gulchehra Mamatxo‘jaevalar nutq so‘zladilar.
Xususan, 2022-yil davomida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan 23 nafar ishchi-xodimlar dam olishlari uchun sihatgohlarga imtiyozli yo‘llanmalar bilan ta'minlandi, 46 nafar gaz xodimlarining farzandlari sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oldilar. Soha xodimlari orasida “Hududgaz Andijon” GTF Kubogi-2022” sport musobaqalari o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi hamda “Neft gaz va geologiya xodimlari kuni” munosabati bilan 43 nafar xodimlar esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. 36 nafar xodimning jamoa shartnomasida belgilangan moddiy yordam va mukofotlar yuzasidan qilgan murojaatlar ijobiy qondirildi hamda 65 nafar ijtimoiy himoyaga muhtojlar holidan xabar olindi.
Hisobot-konferensiya davomida “Hududgaz Andijon” GTF kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2022-yil mobaynidagi faoliyati, jamoa shartnomasining bajarilishi va navbatdagi vazifalari to‘g‘risida hamda taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi. Shuningdek, delegatlarning taklif-mulohazalari eshitildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati