Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Kuni kecha, “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali direktorining suyultirilgan gaz bo‘yicha o‘ribosari Zafarbek Qahharov hamda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘lim boshlig‘i Ruslan Abdurahmonovlar Shahrixon tumanidagi mahallalarda bo‘lib iste'molchilarning gaz ta'minotidagi muammolari bilan tanishdilar.
Dastlab “Qipchoqqo‘rg‘on” va “Qumariq” mahallalaridagi iste'molchilarning xonadonlarida suyultirilgan gaz ta'minoti, maishiy gaz ballonlar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi. Har bir xonadonda onlayn tizim asosida yetkazib berilayotgan gazning iste'molchiga yetib borishi, gazdan foydalanish qoidalari haqida ma'lumotlar olindi. Shuningdek, is gazi va uning oqibatlari, ID kartalarning ahamiyatlari haqida ham tushunchalar berildi.
Sayyor qabullar bugun tumanining “Yuzlar” va “Yangizamon” MFYlarda davom ettirilish belgilangan.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati