Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali tasarrufidagi barcha tuman va shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan, “Aholi oʻrtasida is gazidan zaharlanish, gaz havo aralashmasining chaqnashi va yongʻinlar bilan bogʻlik baxtsiz hodisalarining oldini olish ishlarini amalga oshirishda hamkorlik qilish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Tadbir davomida kelib chiqishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlar yuzasidan xonadonma-xonadon yurilib, fuqarolarga tushuntirish olib borilib ogohlikka chaqiruvchi materiallar tarqatildi. Aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari koʻrildi.
Jumladan, is gazidan zaharlanishni oldini olish boʻyicha Toshkent viloyati boʻyicha: 2022 yil 9 oy davomida 1024 ta MFYda yashovchi 457000 ta aholi va 155 000 ta koʻp qavatli uylar xonadonlarda; 556 ta Sogʻliqni Saqlash Vazirligiga tegishli boʻlgan (kasalxona, mehribonlik va qariyalar uyi, QVPlarda; 12 ta Mudofaa Vazirligi tasarrufidagi harbiy qismlarda; 820 ta turli xil umumiy ovqatlanish va ishlab chiqarish obʼektlari, yaʼni nonvoyxona, restoran, kafe, choyxona, oshxona, qandolat sexlari, ofis, mehmonxonalarda; 744 ta MTM, oʻquv muassasalarda (kollej, litsey va maktablar) is gazi va nostandart gaz jihozlaridan foydalanishda yongʻin va xavfsizlik texnikasi mavzusida suhbatlar hamda 1180 ta seminar yigʻilishlar oʻtkazilgan. Shuningdek; 611150 ta koʻrgazmali eslatmalar tarqatilgan; 42 ta turli hajmdagi mavzuga oid bannerlar odamlar gavjum joylarga oʻrnatildi; 82 dan ziyod “Is gazidan zaharlanish va yongʻindan ehtiyot boʻling” mavzusida maqolalar va chiqishlar qilindi; 676 marta radio eshittirishlar orqali maʼlumotlar berildi; “Oʻzbekiston 24”, “Nurafshon” telekanalida va radio orqali targʻibot-tashviqot mavzusida chiqishlar boʻldi; 50 dan ortiq gaz taʼminoti samaradorligi va targʻibot-tashviqot ishlari boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda videoroliklar qilindi. “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati