Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
2020-yilning fevral oyida davlat rahbari tomonidan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Unda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida aniq vazifalar belgilandi.
Bugun esa joylarda uning ijrosi ta’minlanmoqda. Xususan, “Hududgazta’minot” AJ moliya va iqtisod yo’nalish xodimlarini Moliyaviy hisobotining xalqaro standartlari bo’yicha o’qitib borilishi rejalashtirilgan bo’lib, “Hududgazta’minot” AJning 2019-2021-yillar uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarini xalqaro auditorlik tekshiruvidan o’tkazish maqsadida “PricewaterhouseCoopers” mas’uliyati cheklangan jamiyatining xalqaro auditorlik tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Hamkorlik doirasida ushbu tashkilotning xalqaro malakali mutaxassislari tomonidan joriy yilning 9-10-iyun kunlari Jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan buxgalteriya xodimlari uchun “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari: qisqacha muhim masalalari haqida” mavzusi doirasida o’quv-seminari o’tkazildi. Seminar davomida tanlab olingan auditorlik tashkiloti tomonidan audit tekshiruvini o’tkazish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni hamda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari bo’yicha shakllantirish mexanizmi muhokama qilindi.
Shuningdek, uning ahamiyatiga tahliliy jihatdan yondashildi. Fikr va mulohazalar bildirildi. Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan har bir savolga mutaxassislar tomonidan to’liq va batafsil javob berildi. Tadbir so’ngida esa qatnashuvchilarga sertifikatlar topshirildi.