Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda Xorazm viloyati Yangiariq tumanining 22 ta mahallasidagi 9193 ta aholi xonadonlari va 18 ta ijtimoiy soha obʼektlari suyultirilgan gazdan foydalanib kelmoqda.
Suyultirilgan gaz ballonlari 2 ta mahsus jihozlangan “ISUZU” avtotransportlari orqali aholi xonadonlarigacha aylanma usulda yetkazib berilmoqa. Tumanining Qo’shloq mahallasidagi 515 ta aholi isteʼmolchilariga suyultirilgan gaz ballonlari belgilangan muddatda, nazorat tarozilari orqali xonadonma-xonadon aylanma usulda yetkazib beriladi.
-To’g’risi xozir maishiy gaz ballonini qabul qilib olish uchun ko’chaga chiqib 5 daqiqa sovuqqa chiday olmadim ammo iste’molchilarni bir maromda gaz bilan ta’minlash uchun mehnat qilayotgan chilangar esa shunday ob-havoda ham o’z vazifalarini sidqidildan bajarishmoqda. Buning uchun gaz ta’minoti xodimlariga o’z minnatdorligimizni bildirib kuch-quvvat tilaymiz, - deydi Qo’shloq mahallasida yashovchi X.Qalandarov.
Yangiariq tuman aholisiga joriy yil yanvar-noyabr oylarida 1248,1 tonna, shu jumladan Qo’shloq mahallasiga 71,12 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali tomonidan aholini bir maromda gaz bilan ta’minlash borasidagi ishlar har qanday ob-havo sharoitida ham davom etadi.