Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gaz xo’jaligida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari dolzarb masala hisoblanadi. “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali tomonidan iste’molchilarni bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha maxsus reja-jadval ishlab chiqilgan. Mazkur rejaga muvofiq ishlar joriy yilning aprel oyidan boshlangan.
Samarqand viloyati bo‘yicha joriy yilda 9,5 km gaz quvurlarni mukammal ta’mirlash, 2,9 km gaz quvurlarni rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirilgan.Bundan tashqari, 8364 ta gaz taqsimlash shoxobchalarini taftish qilish belgilangan. Shuningdek, 979 km gaz quvurlari bosim ostida zichlikka sinaladi, 448 km yer osti quvurlarining holati maxsus priborlar yordamida to‘liq tekshiriladi.
2022-2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik rejasiga binoan, mavjud yer usti gaz quvurlarining 218 kilometrida bo‘yoqlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati