Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Jomboy tumanida 12 421 nafar tabiiy gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, joriy yilning iyun oyi boshidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 sentabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4840-son Qaroriga ko‘ra, hududda tabiiy gaz iste’molchilari xonadonlariga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatish ishlari jadallashtirildi.
Hisoblagich o‘rnatish ishlari boshlangandan buyon, Jomboydagi 997 ta tabiiy gaz iste’molchilari xonadonlariga aqlli hisoblagichlar o‘rnatilgan.Ularning 981 tasi “BillingGaz”dasturiga ulangan.
Ayni paytda jarayonlarga 6 ta brigada jalb etilgan bo‘lib, tumanning “Samarqand” mahallasida elektron gaz hisoblagichlarini o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Mazkur ishlarda “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari tomonidan iste’molchilarga hisoblagichdan foydalanish to‘g‘risida zarur tushunchalar ham berilmoqda.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.