Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun Vobkentda 13454 nafar suyultirilgan gaz iste’molchisi gaz ballonidan foydalanib kelmoqda. Ularga 30-35 kun davomida gaz balloni belgilangan rejaga asosan yetkazib berilmoqda. Shuningdek, 22 ta ijtimoiy obyektda ham maishiy gaz ballonidan foydalaniladi.
Tuman gaz ta’minoti bo’limi xodimlarining navbatdagi manzili “Diyor” mahallasining “Imom Qozixon” qishlog’ida bo’ldi. Qishloqdagi 90 ta xonadonga maishiy gaz balloni 35 kunga bormay tarqatildi. Ballonlar nazorat tarozilarida o’lchab berildi. To’lovlar esa maxsus kartalarda amalga oshirildi.
“Mahallamizdagi 8 ta qishloq aholisi gaz ballonidan foydalanadi. Mavjud 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida ham gaz ballonlari o’z vaqtida yetkazilmoqda. Iste’molchilar xursand, qulayliklari juda ko’p. To’lovlar kartalarda amalga oshirilmoqda, ortiqcha ovoragarchiliklar yo’q. Muammolar yuzaga kelmaydi. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun gaz ballonidan foydalanish qoidalari haqida tushuntirish berilmoqda”, – deydi mahalla raisi Anvar Sharipov
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati