Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Viloyatdagi 280 ta mahalla iste’molchilari suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi. Bugun esa ularning soni oshmoqda. Joriy yilning dastlabki oylarida yangi suyultirilgan gaz iste’molchilari soni 450 nafardan ortdi. Xususan, viloyatning Qorako’l, Olot va Jondor tumani misolida tahliliy yondashadigan bo’lsak, ayni ushbu hudud iste’molchilari soni bir necha nafarga ko’paydi.
Qorako’l tumanidagi iste’molchilar soni 61 taga, Olot tumanidagilari esa 69 taga, Jondor tumanidagi suyultirilgan gaz iste’molchilar soni esa 50 taga oshdi.
Yangi iste’molchilarga gaz ballonlari belgilangan rejaga asosan yetkazilar ekan, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida esa ulardan to'g'ri foydalanish lozimligi borasida tushuntirishlar berilmoqda.
To’lovlar esa maxsus kartalarda amalga oshirilmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati