Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Darhaqiqat, obodlik,ozodalik bor joyda fayz-baraka, xotirjamlik bo‘ladi. Shu bois hovli va xonadonlarni, uy-joylarni toza saqlash xalqimizning qon-qoniga singib ketgan ezgu odatlardan biri hisoblanadi.
“Navbahortumangaz” gaz taʼminoti bo‘limida umumxalq xayriya hashari oldidan ana shunday obodonlashtirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tumangaz gaz taʼminoti bo‘limi ishchi-xodimlari tomonidan bino hovlisi supurilib, ortiqcha chiqindilardan tozalandi. Shuningdek, bino atrofi, hovli va yer maydoniga manzarali hamda mevali daraxt qalamchalari, ko‘chatlar o‘tqazildi.
Atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish maqsadida qilingan bu kabi ishlar umumxalq xayriya hashari kuni barcha shahar va tumangaz gaz taʼminoti bo‘limlarida ham davom etadi.
"Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati