Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Maishiy ehtiyoj uchun ishlatiladigan har qanday jihozni belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish muhim ahamiyat kasb etadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarorida maishiy iste’molchilarning majburiyatlari belgilangan bo‘lib, unda uy ichi gaz tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish yuzasidan bajarilgan ishlar uchun gaz ta’minoti tashkiloti bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish zarurligi aytilgan. Bundan tashqari, “Hududgazta’minot” AJning hududlar bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatish turlari va tariflari belgilagan. Unda gaz jihozlari soni inobatga olinadi.
Ma’lumki, ba’zi ijtimoiy tarmoqlar orqali uy ichi gaz jihozlari hamda ularning narxnomalari bilan bog’liq murojaatlar kelib tushmoqda. Bu borada soha xodimlari tomonidan garchand tushuntirish ishlari olib borilayotgan bo’lsa-da, o’zaro tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Ayni shu mazmundagi murojaatlarni o’z vaqtida bartaraf etish maqsadida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan 2022-yil uchun (aholi uchun) uy ichi gaz jihozlariga profilaktik va texnik xizmat ko’rsatish narxnomalari belgilandi. Ushbu narxnomalarga iyun oyidan boshlab o’zgartirish kiritildi.
Hurmatli fuqaro, agar sizda uy ichi gaz jihozlarining narxnomalari bilan bog’liq muammolar yuzaga kelsa gaz ta’minoti filialining (76) 221-25-10, (76) 221-06-14 ishonch telefonlari va 1104 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati