Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun iste’molchining gaz sohasi tizimidagi muammolarini hal etish asosiy e’tiborda ekan, barcha tashkilot mutassaddi vakillari, xodimlari ushbu maqsad yo‘lida birlashib, murojaatlarning ijobiy yechimini vaqtida hal etib kelishmoqda. Jumladan, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta'minoti filiali hamda tuman va shahar gaz ta'minoti bo'limlari xodimlari ham aholi orasida yuzaga keladigan muammolarni o‘z joyida o‘rganib, bartaraf etib, kamchiliklarni hal etishga astoydil kirishmoqda. Ayniqsa, suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazish, xavfsizlikka rioya etish, gaz quvurlarini vaqtida ta’mirlab, gaz maromlash punktlarini sozlab berish kabi amaliy ishlar filial xodimlari tomonidan ijobiy jihatdan amalga oshirilmoqda.
Albatta, iste’molchilarni bir maromda va uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida harakatda bo‘lgan gaz quvurlari, gaz maromlash punktlari belgilangan tartibda mas’ul xodimlar tomonidan doimiy ravishda nazorat ko‘rigidan o‘tkazib kelinmoqda. Nazorat ko‘rigi davrida aniqlangan nosozliklar esa o‘z joyida bartaraf etilmoqda, jumladan, o‘tgan 2022 - yil davomida gaz quvurlarining nazorat ko‘rigi davrida aniqlangan 120 ta nosozlik vaqtida hal etildi.
Filial hamda uning tasarrufidagi tuman va shahar gaz ta'minoti bo'limlari tomonidan gaz maromlash punktlari va gaz quvurlarining ta’mirlanishi, yangi gaz quvurlarining qurilishi borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli amaliy ishlar sohada mavjud muammolarni vaqti bilan bartaraf etilishida ko‘maklashadi.
Albatta, har bir muammo vaqtida hal etilsa shubhasiz, boshqa bir qator kamchliklarning oldi olingan bo‘ladi. Buning uchun esa faqat e’tibor va mas’uliyat bo‘lsa bas!
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati