Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Masalan, Sho'rchi tumanining “Guluston” mahallasidagi iste’molchilarga “Sho'rchitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan suyultirilgan gazga to‘ldirilgan gaz ballonlari yetkazib berilmoqda. Jumladan, 13-mart kuni 118 nafar iste’molchi tasdiqlangan jadvalga asosan “ID” karta orqali 2,360 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.
Gaz ballonlarini tarqatish davomida turli baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun undan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya etish lozimligi bo‘yicha tushuntirishlar ham berib o‘tildi.
Ma’lumot uchun, “Guluston” mahallasida 846 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ulardagi maishiy gaz ballonlari soni 988 tani tashkil etadi. 2023-yilning ayni vaqtiga qadar iste’molchilar 39,520 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan bo‘lsa, bugunning o‘zida 118 dona maishiy gaz ballonlarida 2,360 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati