Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Paxtachitumangaz” bo‘limi hududdagi 40 332 ta xonadonlarda yashovchi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadi. Ularning 10 335 tasiga tabiiy, 29,997 tasi suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Ayni kunlarda tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga asosan elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari yakunlandi. Tuman miqyosida 10 335 ta iste’molchilar xonadoniga “aqlli” gaz hisoblagichlari o‘rnatilib, “BillingGaz” dasturiga ulandi. Bugundan boshlab joriy yilning 1- sentabr sanasiga qadar tumangaz bo‘limi xodimlari hududdagi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi yangi tabiiy gaz iste’molchilarga aqlli hisoblagichlar o‘rnatish ishlarini boshladi. Tumandagi gazlashgan mahallalarda “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali brigadalari ishlayotgan paytda uyida bo‘lmagan yoki ma’lum bir sabablarga ko‘ra, uyda hech kim yashamayotganligi tufayli “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilmay qolib ketgan xonadon egalari 1-sentabr sanasiga qadar “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining “Paxtachitumangaz” bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati