Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Narpay tumani Samarqand viloyatining chekka hududidagi tumanlaridan biri hisoblanadi. Tumanda jami 39 mingga yaqin xonadon mavjud bo‘lib, shundan 7000 dan ortig‘i tabiiy gaz bilan, qolgan 31 077 tasi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi. Ayni kunlarda tabiiy gaz yetib bormagan olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash “Narpaytumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Xususan, hudud aholisiga 2022-yilning o‘tgan 7 oyida 3 228 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlari yetkazib berildi. Narpay tumanida 35 ta maktabgacha ta’lim muassasalari suyultirilgan gazga moslashtirilgan bo‘lib, ularga filial tomonidan 70 dona maishiy gaz ballon va gaz ballon saqlash uchun maxsus temir qutilar ijaraga berilgan. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, tumandagi suyultirilgan gaz iste’molchilariga filial tomonidan vaqtinchalik foydalanib turish uchun, shartnoma asosida 35 553 dona maishiy gaz ballonlari tarqatilgan. Hududda iste’molchilarning maishiy gaz ballonlar bilan ta’minlanganlik darajasi 103 foizni tashkil etadi. Har kuni tumanning 3 ta mahallalarida yashovchi iste’molchilarga 1 200 ta maishiy gaz ballonlarda 24 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Aholini suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish maqsadida, tumanda jarayonlarga 6 ta “ISUZU” avtoo‘lovi jalb etilgan. Mazkur jarayonlarda filialning 13 nafar ishchi-xodimlari mehnat qilishyapti.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati