Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yongʻinlarning oldini olish nafaqat yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlarining, balki har bir zamondoshimizning asosiy burchi hisoblanadi. Bu oʻz navbatida yongʻin chiqqanda bajarilishi talab etiladigan tadbirlarni barchaga sodda tilda, qisqa va loʻnda tushuntirishni taqozo etadi. Yaʼni yongʻin xavfsizligi qoidalari, yongʻinning oldini olish choralari haqida jonli lavhalar, koʻrgazmali qurollar yordamida uchrashuvlar, suhbatlar oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda Mirzaobod tumanida ham bu borada soha xodimlari bilan birgalikda "Mirzaobodtumangaz" gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida aholini tabiiy gazdan foydalanish davrida amalga oshirilishi zarur boʻlgan jihatlari toʻgʻrisida uyma-uy yurgan holda aholiga tushunchalar berib borilmoqda. Jumladan joriy yil davomida Mirzaobod tuman Yongʻinga qarshi kurashish jamiyati bilan hamkorlikda tumanda tabiiy gazdan foydalanayotgan jami xonadonlarni 9379 ta xonadonlarda tabiiy gazdan qonuniy va toʻgʻri foydalanishligi boʻyicha oʻrganishlar olib borildi.
Shu kungacha oʻrganishlar jarayonida 1850 ta xonadonni dudburonlari va gaz jihozlarini toʻliq taftishdan oʻtkazildi. Har bir xonadan egalariga gazdan toʻgʻri foydalanishlari maqsadida koʻrgazmali buklet va yoʻriqnomalar tarqatildi. Maqsad bitta u ham boʻlsa "zangori olov" isteʼmolchilarini gaz jihozlaridan samarali va oqilona foydalanishlarini tashkil etishdir.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati