Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yangi Namangan tumanida Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi "Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash" markazi faollar zalida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, shuningdek sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, chaqnash, is gazidan zaharlanish va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish xususida so‘z yuritildi.
Yig‘ilish davomida 2022 yilning hozirgi davriga qadar sodir bo‘lgan is gazidan zaharlanish holatlari aks etgan rolik namoyish qilindi.
Tadbir so‘ngida bu kabi ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish, aholi yashash xonadonlari, xalq xo‘jaligi maskanlari va tadbirkorlarga tegishli joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati